AsosiyDunyo

YouTube'da 16 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar uchun yangi cheklovlar joriy etilmoqda

13–15 yoshli o‘smirlar strim qilishni faqat katta yoshli shaxs hamrohligida amalga oshirishlari mumkin.

'YouTube'da 16 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar uchun yangi cheklovlar joriy etilmoqda'ning rasmi

Joriy yilning 22 iyulidan boshlab YouTube mustaqil ravishda jonli efir olib borish uchun minimal yosh chegarasini 16 yoshga ko‘tarmoqda.

13–15 yoshli o‘smirlar strim qilishni faqat katta yoshli shaxs hamrohligida amalga oshirishlari mumkin. Aks holda, ular chat va boshqa funksiyalarga kirish imkonidan mahrum bo‘lishi mumkin.

YouTube joriy yil 22 iyuldan boshlab xavfsizlik siyosatida jiddiy o‘zgarishlar kiritayotganini e’lon qildi: 16 yoshgacha bo‘lgan foydalanuvchilar katta yoshli shaxs kadrda ko‘rinib turmasa va kanalda menejer, tahrirchi yoki egasi sifatida ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsa, mustaqil ravishda jonli efir o‘tkaza olmaydi.

Agar qoida buzilsa:

  •  chat yopiladi;
  •  efir funksiyalari cheklanadi;
  •  jonli efir o‘chirilishi mumkin.

Qoidalarni chetlab o‘tish (masalan, boshqa kanal orqali efir uyushtirish) taqiqni buzish deb hisoblanadi va akkauntning yopilishiga olib kelishi mumkin.

YouTube o‘zgarishlar sababini rasman oshkor etmagan bo‘lsa-da, bu qadam kattalar hamrohligisiz jonli efirlardagi xavflar — shaxsiy ma’lumotlarning tarqalishi, chatda noxush muloqotlar va boshqa xatarlardan o‘smirlarni himoya qilishga qaratilgani aytiladi.

YouTube ta’kidlaganidek, strim — “oldindan bashorat qilib bo‘lmaydigan format” hisoblanadi va u alohida nazoratni talab qiladi.

 Platforma fikriga ko‘ra, bu o‘zgarishlar yangi blogerlar uchun qiyinchilik tug‘dirishi mumkin, ammo bolalar xavfsizligi har qanday natijadan ustundir.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Shveytsariya muzeyidan oltin tangalar o'g'irlandi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 10:08

    Shveytsariya muzeyidan oltin tangalar o'g'irlandi

    Kecha Lozannadagi qadimiy Rimga bag'ishlangan muzeyda o'g'irlik sodir etildi. Oltinlarning qiymati hozircha oshkor qilinmadi. Faqat politsiya tangalar "arxeologik qiyamatga ega"ligini aytdi.

    'Braziliyaning sobiq prezidenti hibsga olindi'ning rasmi

    Dunyo 22.11.2025 21:05

    Braziliyaning sobiq prezidenti hibsga olindi

    Sobiq prezident bunga cha uy qamog‘ida saqlanayotgan edi.

    'Nigeriyadagi katolik maktabidan 300 nafar bola o'g'irlab ketildi'ning rasmi

    Dunyo 22.11.2025 17:41

    Nigeriyadagi katolik maktabidan 300 nafar bola o'g'irlab ketildi

    Qurollangan shaxslar maktabga bostirib kirib, 303 nafar bola va 12 nafar maktab xodimini o'g'irlab ketishgan. Bu bir haftaning ichida ikkinchi marta sodir bo'lmogda. Nigeriyada bir haftada ikki marta bolalar ommaviy o'g'irlandi.

    ''ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 19:35

    'Isroillik olimlar qarishni sekinlashtiruvchi immun hujayrasini topdi'ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 17:09

    Isroillik olimlar qarishni sekinlashtiruvchi immun hujayrasini topdi

    Tadqiqotchilar organizmda qarigan hujayralarni aniklab, yo‘q qilishga yordam beradigan CD4-Eomes Hujayrasini kashf qildi.

    'Zelenskiy AQSh bilan yangi tinchlik rejasi ustida ishlashga rozi boʻldi'ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 14:31

    Zelenskiy AQSh bilan yangi tinchlik rejasi ustida ishlashga rozi boʻldi

    Ukraina prezidenti V. Zelenskiy AQSh armiyasi vakili bilan uchrashuvda urushni yakunlash bo‘yicha rejani tezroq imzolashga kelishib oldi.