AsosiyDunyo

Yaponiyada “Twitter qotili” qatl etildi

To‘qqiz ayolni o‘ldirgan Takahiro Shiraishi jazodan qocholmadi.

'Yaponiyada “Twitter qotili” qatl etildi'ning rasmi

Yaponiyada to‘qqiz kishini vahshiylarcha o‘ldirib, mamlakatni larzaga solgan Takahiro Shiraishi – ommaviy axborot vositalarida “Twitter qotili” nomi bilan tanilgan shaxs – nihoyat qatl etildi. Bu haqida BBC nashri" xabar bermoqda.

Mazkur jazo – Yaponiyada 2022 yildan buyon ijro etilgan ilk o‘lim jazosi sifatida qayd etildi.

2017 yilda yuz bergan dahshatli qotilliklar ketma-ketligi yapon jamiyatida vahima uyg‘otgan edi. 30 yoshli Shiraishi asosan 15 yoshdan 26 yoshgacha bo‘lgan ayollar bilan ijtimoiy tarmoq – Twitter orqali tanishgan, ularni aldab, o‘zining Zama shahridagi kvartirasiga olib borgan va bo‘g‘ib o‘ldirgan.

U jasadlarni bo‘laklab, muzlatkich va saqlash qutilarida yashirgan.

Politsiya u yashayotgan uyni tintuv qilganda, to‘qqiz kishining jasad qismlarini topgan.

Shiraishi bu ayollar hayotdan to‘yganini bilgan holda, o‘zini o‘ldirmoqchi bo‘lgan insonlarga “o‘lishga yordam berishini” va’da qilgan. Twitter’dagi profilingda esa:

“Haqiqatan azob chekayotganlarga yordam bermoqchiman. Istalgan vaqtda shaxsiy xabar yo‘llang”, – degan yozuv bo‘lgan.

Sud jarayonida prokurorlar unga eng og‘ir – o‘lim jazosini so‘rashdi.

Himoyachilari esa “qurbonlar bunga rozilik bildirgan” degan vajlar bilan yengilroq hukm iltimos qilgan. Ammo Shiraishi advokatlarining fikriga zid chiqib, qurbonlar roziligisiz o‘ldirilganini tan olgan.

2020 yil dekabr oyida sud uni o‘lim jazosiga hukm qildi. Sud majlisida yuzlab odamlar qatnashdi. Uning bu jinoyatlari nafaqat yapon jamiyatiga, balki Twitter’ning siyosatiga ham keskin ta’sir ko‘rsatdi.

Hozirda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarga o‘z joniga qasd qilishni targ‘ib qilish yoki rag‘batlantirishni qat’iyan man etadi.

Yaponiyada o‘lim jazosi mavjud bo‘lib, odatda osish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Takahiro Shiraishi ham aynan shu tarzda jazolandi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Yevropa Rossiyaga qarshi 18-sanksiya paketini tasdiqlay olmadi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 14:11

    Yevropa Rossiyaga qarshi 18-sanksiya paketini tasdiqlay olmadi

    Slovakiya navbatdagi sanksiyalar paketini tasdiqlashni to‘sib qo‘yganligi uchun YEI a’zolari bu masalani yana muhokama qilishlariga to‘g‘ri keladi.

    'G‘azodagi hujumlarda 70 dan ortiq kishi halok bo‘ldi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 13:24

    G‘azodagi hujumlarda 70 dan ortiq kishi halok bo‘ldi

    Isroil qo‘shinlari bosib olingan G‘arbiy Sohil bo‘ylab hibsga olish harakatlarni olib bormoqda.

    ''ning rasmi

    Dunyo Bugun 12:23

    'AQSH Eronning yadroviy quroldan voz kechishi uchun 30 milliard dollar yordam taklif qilmoqda'ning rasmi

    Dunyo Bugun 11:23

    AQSH Eronning yadroviy quroldan voz kechishi uchun 30 milliard dollar yordam taklif qilmoqda

    Tramp ma’muriyati Eronning uranni boyitish va yadroviy qurol yaratishdan voz kechishga chaqirgan.

    'Oq uy Ukrainadagi harbiy jinoyatlarni tergov qiluvchi loyihalarni moliyalashtirishni to‘xtatmoqchi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 02:27

    Oq uy Ukrainadagi harbiy jinoyatlarni tergov qiluvchi loyihalarni moliyalashtirishni to‘xtatmoqchi

    Biroq mazkur tavsiya hali yakuniy qaror emas — Davlat departamenti unga e’tiroz bildirishi mumkin.

    'Ekvadorda uch yoshli qiz otasining “narkobaron” ekanini fosh etdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 02:24

    Ekvadorda uch yoshli qiz otasining “narkobaron” ekanini fosh etdi

    Buning ortidan mamlakatda 17 oylik qidiruv o‘z yakunini topgan.