AsosiySIYOSAT

Mirziyoyev Toskana gubernatori bilan uchrashdi

Hududlararo hamkorlik uchun yangi "yo‘l xaritasi" ishlab chiqiladi.

'Mirziyoyev Toskana gubernatori bilan uchrashdi'ning rasmi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 14 iyul kuni mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan Italiyaning Toskana viloyati gubernatori Eujenio Jani boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuvda O'zbekiston va Italiya o'rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish, ayniqsa, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamda madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, hududlararo aloqalarni faollashtirishga alohida e'tibor qaratildi.

Tomondlar keyingi yillarda ikki davlat o'rtasida barcha darajadagi muloqotlar faollashganini qayd etdi. Xususan, joriy yil boshidan buyon o'zaro savdo hajmi 25 foizga oshgan. Bugungi kunda O'zbekistonda Italiyaning yetakchi kompaniyalari ishtirokida metallurgiya, energetika, qishloq xo'jaligi, kimyo sanoati va boshqa tarmoqlarda qator investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda.

Prezident Toskana viloyati bilan to'qimachilik, charm-poyabzal, oziq-ovqat, zargarlik sanoati, qurilish, ta'lim, madaniyat va turizm sohalarida hamkorlikni rivojlantirish uchun katta salohiyat mavjudligini ta'kidladi.

Uchrashuv yakunida Toskana viloyati va O'zbekiston hududlari o'rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirishga qaratilgan yangi loyihalar hamda tashabbuslarni o'z ichiga olgan qo'shma "yo'l xaritasi"ni ishlab chiqish va qabul qilish bo'yicha kelishuvga erishildi.

    Boshqa yangiliklar