O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14 iyul kuni Qatar Davlati sobiq Amiri Shayx Hamad bin Xalifa Ol Soniyning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirish uchun Doha shahriga bordi.
Hamad xalqaro aeroportida davlat rahbarini Qatar Bosh vaziri o‘rinbosari, mudofaa vaziri Shayx Saud bin Abdulrahmon Ol Soniy hamda boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Prezident matbuot xizmati ma’lum qilishicha, tashrif doirasida Shavkat Mirziyoyevning Qatar Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan ikki tomonlama uchrashuvi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Uchrashuvda O‘zbekiston bilan Qatar o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va uni yanada rivojlantirishga doir masalalar muhokama qilinishi kutilmoqda.






