AsosiyDunyo

AQSH Eronning yadroviy quroldan voz kechishi uchun 30 milliard dollar yordam taklif qilmoqda

Tramp ma’muriyati Eronning uranni boyitish va yadroviy qurol yaratishdan voz kechishga chaqirgan.

'AQSH Eronning yadroviy quroldan voz kechishi uchun 30 milliard dollar yordam taklif qilmoqda'ning rasmi

Tramp ma’muriyati Eronning uranni boyitish va yadroviy qurol yaratishdan voz kechishi evaziga unga 30 milliard dollar miqdorida yordam berish imkonini muhokama qilmoqda. Bu haqda CNN telekanali xabar berdi.

Qayd etilishicha, bu mablag‘lar AQSHdan emas, balki Arab davlatlari orqali moliyalashtirilishi rejalashtirilmoqda. Pullar Eronning tinch yadroviy dasturini rivojlantirish uchun mo‘ljallangan.

Oq uy vakilining ta’kidlashicha, “kimdir bu dastur uchun to‘laydi, ammo bu biz bo‘lmaymiz”.

Shu bilan birga, Tramp ma’muriyati Eronga nisbatan ayrim sanksiyalarni bekor qilish, xorijiy banklarda muzlatilgan 6 milliard dollarni qaytarish, hamda Fordodagi yadroviy obyekt o‘rniga uran boyitish imkoniyatisiz yangi infratuzilma qurishni taklif qilmoqda.

Vashington bu orqali Eronni yadroviy qurolga ega bo‘lishdan qaytarish va uni Isroil bilan mojarolar ortidan muzokara stoliga qaytarishni ko‘zlamoqda.

Biroq Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi bu takliflarga hozircha ijobiy javob bermadi.

Reuters’ning yozishicha, Isroil bilan qurolli to‘qnashuvlar paytida Aroqchi va AQSH prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff bir necha bor telefon orqali muloqot qilgan.

    Boshqa yangiliklar