AsosiyJamiyat

Qashqadaryodagi xususiy bog‘chada vafot etgan 2,5 yoshli qizaloq o‘limi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Bosh prokuratura holat bo‘yicha so‘nggi tafsilotlarni ochiqladi.

'Qashqadaryodagi xususiy bog‘chada vafot etgan 2,5 yoshli qizaloq o‘limi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi'ning rasmi

Avvalroq, Qashqadaryo viloyati Koson tumani Ushoqtepa mahallasidagi xususiy bog‘chada 2,5 yoshli qizaloq vafot etgani haqida xabar bergan edik

Hodisa 2025 yil 20 iyun kuni Lola Haqnazarovaga tegishli xususiy bog‘chada sodir bo‘lgani va 2,5 yoshli Zarina Izzatillayevani ertalab Lola Haqnazarova uyidan bog‘chaga olib ketgani, ko‘p o‘tmay uning yaqinlariga qizaloqning tobi bo‘lmay qolgani haqida xabar berilgani ma’lum qilingandi.

Bosh prokuraturaring ma’lum qilishicha, Qashqadaryo viloyati Koson tumanida maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchisi vafot etganligi holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 116-moddasi (Kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Barcha zarur tergov harakatlari o‘tkazilganidan so‘ng ish bo‘yicha qonuniy to‘xtamga kelinadi, deyiladi prokuratura xabarida. 

    Boshqa yangiliklar