AsosiyJamiyat

Andijonda yashirin ekstremistik guruh qo‘lga tushdi

Andijonda jihodchilar diniy ekstremistik oqimining yashirin jamoati faoliyati aniqlandi.

'Andijonda yashirin ekstremistik guruh qo‘lga tushdi'ning rasmi

Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Andijon shahrida yashovchi 1981 yilda tug‘ilgan U.A. o‘z atrofiga 12 nafar shaxslarni yig‘ib, jamoat tuzgan. Jamoat a’zolari shahardagi turli choyxonalarda to‘planib, kelgusida Suriyadagi «Tavhid va jihod katibasi» xalqaro terrorchilik tashkilotiga qo‘shilishni niyat qilgan. Shuningdek, ular o‘zaro «Baytulmol» ko‘rinishida pul mablag‘lari yig‘ib, o‘z tarafdorlariga berib kelgani ma’lum bo‘ldi.

Jamoat a’zolarining xonadonlarida o‘tkazilgan tintuv tergov harakatlari davomida turli diniy ekstremistik adabiyotlar va boshqa ashyoviy dalillar olindi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar