Belgraddagi namoyishchilar fuqarolar urushida Serbiyani yo‘q qilishga chaqirdi, dedi parlament spikeri va mamlakat sobiq bosh vaziri Ana Brnabich.
Belgraddagi tartibsizliklar chog‘ida olti nafar ichki ishlar vazirligi xodimi va ikki fuqaro yaralandi, o‘nlab qoidabuzarlar qo‘lga olindi, deya ma’lum qildi Serbiya politsiyasi direktori Dragan Vasilevich.
Aksiya ochiq to‘qnashuvlarga aylanib ketdi. Namoyishchilar politsiyaga qarata turli xil narsalar uloqtirishdi va ularga kuch bilan javob qaytarildi.