AsosiyDunyo

Ozarbayjonda Rossiyaning barcha madaniy tadbirlari bekor qilindi

Bu haqda Ozarbayjon Madaniyat vazirligi xabar berdi.

'Ozarbayjonda Rossiyaning barcha madaniy tadbirlari bekor qilindi'ning rasmi

Ma’lum qilinishicha, bu konsertlar, festivallar, spektakllar, ko‘rgazmalar va boshqa tadbirlarga taalluqli. Qaror “Rossiya huquq-tartibot idoralari tomonidan etnik kelib chiqishi bo‘yicha Yekaterinburgda ozarbayjonliklarga nisbatan namoyishkorona, maqsadli va suddan tashqari qotilliklar hamda zo‘ravonlik harakatlari sodir etilgani munosabati bilan” qabul qilingan.

So‘nggi paytlarda bu kabi holatlar tizimli tus olmoqda, deyiladi xabarda.

27 iyun kuni Yekaterinburgda 50 dan ortiq ozarbayjonlik qo‘lga olindi. Mahalliy OAVning yozishicha, hibsga olishlar 2001-yilda ozarbayjonlik Yunus Pashayevning o‘ldirilishi bo‘yicha ochilmagan jinoiy ish, shuningdek, 2010—2011 yillarda sodir etilgan yana ikkita jinoyat bilan bog‘liq.

Ushbu ish bo‘yicha asosiy gumondorlar bo‘lgan aka-uka Guseyn va Ziyoddin Safarovlar hibsga olinayotgan paytda vafot etgan. E1.ru nashri manbasiga ko‘ra, ulardan birining yuragida muammolar kuzatilgan va vafot etgan. Ikkinchisida ham, “xuddi shunday vaziyat” kuzatilgani aytilmoqda.

Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi 27 iyun kuni Rossiya xavfsizlik kuchlari tomonidan o‘tkazilgan reydlar munosabati bilan Rossiyaning mamlakatdagi elchixonasi muvaqqat ishlar vakili Pyotr Volokovichni chaqirtirgan.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarovaga ko‘ra, Volokovich “Ozarbayjon tomoniga zarur tushuntirishlar bergan” va “vaziyat huquq-tartibot idoralari nazorati ostida ekaniga ishontirgan”.  29 iyun kuni Yekaterinburgning Lenin tuman sudi qotillik ishi bo‘yicha gumon qilingan uch kishini tergov izolatoriga yuborgan. Sud yana uch nafar mahbusga nisbatan ehtiyot chorasini tanlashi kutilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Eron yadro dasturi hujumlarga qaramay tiklanadi'ning rasmi

    Dunyo 29.06.2025 21:27

    Eron yadro dasturi hujumlarga qaramay tiklanadi

    Bu haqda Xalqaro atom energetikasi agentligi bosh direktori Rafael Grossi ma’lum qildi.

    'AQSHda vertolyotdan odamlar ustiga pul yog‘di'ning rasmi

    Dunyo 29.06.2025 15:39

    AQSHda vertolyotdan odamlar ustiga pul yog‘di

    AQSHning Detroyt shahrida vertolyot osmondan odamlar ustiga minglab dollarlarni sochdi.

    'Serbiyada muxolifat tarafdorlari muddatidan oldin parlament saylovlari o‘tkazilishini talab qilishdi'ning rasmi

    Dunyo 29.06.2025 14:16

    Serbiyada muxolifat tarafdorlari muddatidan oldin parlament saylovlari o‘tkazilishini talab qilishdi

    Namoyishchilar Belgrad markazidagi Slaviya maydonini to‘sib qo‘yishdi.

    '"Markaziy Osiyo — Koreya Respublikasi" sammiti 2026 yilga qoldirildi'ning rasmi

    Dunyo 29.06.2025 12:54

    "Markaziy Osiyo — Koreya Respublikasi" sammiti 2026 yilga qoldirildi

    Bunga mamlakatning sobiq prezidenti Yun Sok Yolning harbiy holat joriy etishga muvaffaqiyatsiz urinishidan keyin yuzaga kelgan siyosiy o‘zgarishlar sabab bo‘lgan.

    'Rossiya Ukrainaning 31 ta samolyot tipidagi dronlarini urib tushirdi'ning rasmi

    Dunyo 29.06.2025 11:34

    Rossiya Ukrainaning 31 ta samolyot tipidagi dronlarini urib tushirdi

    Dronlar 27 va 28 iyun kunlari urib tushirilgan.

    'Qozog‘istonda homilador ayol avtobus bekatida farzandli bo‘ldi'ning rasmi

    Dunyo 28.06.2025 19:13

    Qozog‘istonda homilador ayol avtobus bekatida farzandli bo‘ldi

    Hozirda chaqaloqning ahvoli og‘ir. Chunki u muddatidan oldin, homiladorlikning 34-haftasida tug‘ilgan.