AsosiySalomatlik

Ozishga mo‘ljallangan ukollarni oddiy va foydali mahsulotlar bilan almashtiring

Shifokordan xavfsiz ozish uchun tavsiyalar.

'Ozishga mo‘ljallangan ukollarni oddiy va foydali mahsulotlar bilan almashtiring'ning rasmi

G‘arb yulduzlari orasida ommalashgan, lekin juda xavfli bo‘lgan ozish uchun mo‘ljallangan ukollarni oddiy va foydali mahsulotlar bilan almashtirish mumkin. Bu haqda Dubaylik diyetolog shifokor Mariya AbiXanna Daily Mail nashriga ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, bunday ta’sirga avokado kabi mahsulotlar ega.

Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, mazkur dori GLP-1 gormoni (ovqatdan keyin ichakda ishlab chiqiladigan gormon) ta’sirini taqlid qiladi. Bu gormon miyaga ta’sir qilib, insonda to‘yinganlik hissini paydo qiladi. Biroq preparat qator xavfli noxush ta’sirlarga ega: yengil holatlarda — ko‘ngil aynishi, qusish, ich qotishi yoki aksincha — ich ketishi kuzatilishi mumkin.

Diyetolog ta’kidlashicha, «sog‘lom» yog‘lar ham bunday samara berishi mumkin, lekin ular butun organizmga zarar qilmaydi. Masalan, ovqatlanish tartibiga avokado bilan bir qatorda yong‘oq moyi yoki yog‘li baliqlarni qo‘shish mumkin. Uning ta’kidlashicha, har qancha odamlar ratsiondagi yog‘lar bilan kurashishsa-da, ular ozish uchun juda muhim.

“Bu yog‘lar organizmga muhim mineral va vitaminlarni, xususan, D vitaminini singdirishga yordam beradi, shuningdek, yurak xastaliklari xavfini kamaytiradi. Bundan tashqari, oqsillar, ayniqsa tuxum, grek yogurti va edamame lobiyasi insonni uzoq vaqt to‘yingan his qilishga yordam beradi va ovqatga bo‘lgan xohishni oldini oladi”, — dedi u.

Shuningdek, shifokor ta’kidlashicha, kundalik ovqatlanishda kletchatka ham muhim ahamiyatga ega. Masalan, chia urug‘i, nask (chechevitsa) va bug‘doy hazm tizimi faoliyatini yaxshilash va uzoq to‘yinganlik hissini ta’minlashga yordam beradi.

“Qisqa muddatli uglevodlar emas, balki uzoq muddatli energiya manbai haqida o‘ylang”, — deb maslahat beradi diyetolog.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Kaliforniyalik bola dunyoda ilk marotaba gen terapiyasini qabul qildi'ning rasmi

    Salomatlik 25.11.2025 01:02

    Kaliforniyalik bola dunyoda ilk marotaba gen terapiyasini qabul qildi

    Bu kasallik odatda bolaning organizmi va miyasida qaytarilmas o'zgarishlarga olib keladi, og'ir holatlarda esa bemorlar 20 yoshga yetmay hayotdan ko'z yumadi.

    'Dunyoda ilk bor parranda grippidan odam o‘limi qayd etildi'ning rasmi

    Salomatlik 24.11.2025 09:11

    Dunyoda ilk bor parranda grippidan odam o‘limi qayd etildi

    AQSHda parrandalar orasida uchraydigan H5N5 shtammi birinchi marta inson hayotiga zomin bo'ldi.

    'Toshkentda havo keskin ifloslandi: aholiga niqob takish tavsiya etildi'ning rasmi

    Salomatlik 20.11.2025 13:29

    Toshkentda havo keskin ifloslandi: aholiga niqob takish tavsiya etildi

    20 noyabr kuni tongdan boshlab Toshkentda havo sifati keskin yomonlashdi.

    'COVID-19 vaktsinalari saraton davolashda yordam beradimi?'ning rasmi

    Salomatlik 17.11.2025 01:05

    COVID-19 vaktsinalari saraton davolashda yordam beradimi?

    Vaksina olgan ayrim saraton bemorlarining yashash muddati ikki baravar oshgani aniqlandi.

    ''ning rasmi

    Salomatlik 16.11.2025 17:07

    'Tuberkulyozi yiliga 1 milliondan ortiq kishining o‘limiga sabab bo‘lmogda — JSST'ning rasmi

    Salomatlik 14.11.2025 11:31

    Tuberkulyozi yiliga 1 milliondan ortiq kishining o‘limiga sabab bo‘lmogda — JSST

    O'tgan yili dunyo bo'yicha 8,3 million kishiga ushbu kasallik tashxisi qo'yilgan, ulardan 1,2 million nafari hayotdan ko'z yumgan.