AsosiyDunyo

Namanganda 65 millionlik tamaki musodara qilindi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

'Namanganda 65 millionlik tamaki musodara qilindi'ning rasmi

Namangan shahrida yirik miqdorda noqonuniy tamaki mahsulotlarini Toshkentga olib ketayotgan fuqaro qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining axborot xizmati xabar berdi.

Huquq-tartibot organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, “Cobalt” rusumli avtomashinani to‘xtatib, ko‘zdan kechirish jarayonida 1 000 dona aktsiz markasiz sigaret bloklari aniqlangan.

Mahsulotlarning umumiy qiymati 65,3 million so‘mni tashkil qilgan.

Fuqaro A.X. mahsulotlarni fuqaro G‘.B. nomidan hujjatlarsiz olib ketayotgan bo‘lgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 25, 186-1-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib tergov harakatlari davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar