Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Rossiyada halok bo‘lgan shimoliy koreyalik askar jasadini Pxenyan aeroportida harbiy tantana bilan kutib oldi. Harbiylar saf tortgan holda o‘tkazilgan marosimda Kim shaxsan ishtirok etdi, bu esa qurbon bo‘lgan harbiylarga KXDR rahbariyati e’tiborini ko‘rsatmoqda. Bu haqda Zamon.uz’ xabar bermoqda.
Kecha, 30 iyun kuni davlat televideniyesi Kim Chen Inning askarning bayroq bilan qoplangan tobuti oldida tiz cho‘kib, ko‘z yosh to‘kayotganini ko‘rsatgan lavhalarni efirga uzatdi. Ushbu marosim 29 iyun kuni Sharqiy Pxenyan Katta Teatrida Rossiya bilan strategik sheriklik shartnomasining bir yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan edi.
Tadbir davomida Rossiyaga yuborilgan Shimoliy Koreya askarlari haqidagi videolar katta ekranda namoyish qilindi. Marosimda Kimning qizi Chu Ae va singlisi Kim Yo Chjon ishtirok etgani, Kimlar sulolasining askarlar xotirasini shaxsan sharaflayotganini ifodalaydi. Biroq faqat 4-5 tobut ko‘rsatilgani fonida Kursk frontida 4700 dan ortiq askar halok bo‘lgani aytilmoqda, bu esa marosimning simvolik xarakterini anglatadi.
Bundan tashqari, ilk bor televideniyeda Kim Chen Inning “Kurskni ozod etish operatsiyasi” rejasi uchun imzo qo‘yayotgani ko‘rsatildi. Shu bilan birga, iyul–avgust oylarida Shimoliy Koreya Rossiyaga yana 6 mingga yaqin harbiy muhandis va quruvchini yuborishni rejalashtirayotgani ma’lum qilindi.