Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 10 iyulda amalda bo‘ladigan qiymatini ma’lum qildi.
Unga ko‘ra:
— Dollar 58,77 so‘mga pastlab, 12 653,32 so‘m bo‘ldi;
— Yevro 105,71 so‘mga tushib, 14 822,10 so‘m bo‘ldi;
— Rubl 0,75 so‘mga pastlab, 161,89 so‘mni tashkil etdi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval dollar kursi 35,36 so‘mga ko‘tarilib, 12 712,09 so‘m bo‘lgan edi.