AsosiyJAMIYAT

Toshkent va Zangiotada podstansiyasidagi nosozlik sabab svet o‘chdi

“Yuksak” podstantsiyasidan chiquvchi elektr uzatish liniyalari himoya tizimi ishga tushishi natijasida avariya holatida o‘chib qolgan.

'Toshkent va Zangiotada podstansiyasidagi nosozlik sabab svet o‘chdi'ning rasmi

28 iyun kuni soat 20:45 da Toshkent shahridagi “Yuksak” podstansiyasida yuz bergan nosozlik oqibatida poytaxtning bir qator tumanlarida elektr ta’minoti vaqtincha uzildi. Bu haqda Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari korxonasi ma’lum qildi. Ma’lum qilinishicha, Mirobod, Chilonzor, Yashnobod va Uchtepa tumanlarida elektr energiyasi uzilishi qayd etilgan. “Yuksak” podstansiyasidan chiquvchi 110 kV L-O‘-Yu 1 va 2 elektr uzatish liniyalari himoya tizimi ishga tushishi natijasida avariya holatida o‘chib qolgan. Shu sababli “Yurtim” va “Bunyodkor” podstansiyalari to‘liq kuchlanishsiz qolgan. Ayni vaqtda maxsus avariya brigadalari nosozlik sabablarini aniqlash va bartaraf etish ustida ish olib bormoqda. Energetika vazirligi Zangiota tumanining ayrim hududlarida ham elektr uzilishlari qayd etilganini ma’lum qildi. Toshkent shahar hokimligiga ko‘ra, holat to‘liq nazoratga olingan. “Bog‘dagi attraksionlarda bo‘lgan fuqarolar xavfsiz tarzda tushirildi, jabrlanganlar yo‘q”, deyiladi bayonotda. Keyinroq “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” korxonasi “Ozodlik” podstansiyasi orqali Chilonzor va Uchtepa tumanlariga elektr energiyasi bosqichma-bosqich qayta ulanayotganini ma’lum qildi. Qolgan hududlarda ham ta’minotni tiklash ishlari davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar

    Toshkent va Zangiotada podstansiyasidagi nosozlik sabab svet o‘chdi - Darakchi.uz