AsosiyDunyo

Buyuk Britaniya va Fransiya Ukraina chegaralarini qo‘riqlaydi

NATO o‘rniga yangi koalitsiya tuziladigan bo‘ldi.

'Buyuk Britaniya va Fransiya Ukraina chegaralarini qo‘riqlaydi'ning rasmi

Ukrainadagi urush avjiga chiqqan bir vaqtda G‘arb yangi strategiyaga o‘tmoqda. Buyuk Britaniya va Fransiya Ukrainani Rossiya tahdididan himoya qilish uchun kuchlarni birlashtirdi. Bu ikki yirik davlat Ukraina havo va dengiz sarhadlarini nazorat qilishni ko‘zda tutgan “Ukraina ko‘p millatli kuchlari” koalitsiyasini rasman e’lon qildi.

Shart bitta — Rossiya o‘t ochishni to‘xtatishi kerak.

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer Parijda o‘tkazilgan matbuot anjumanida ushbu tashabbusni rasman taqdim etdi. Unga ko‘ra, koalitsiya shtab-kvartirasi avval Parijda faoliyat olib boradi, keyinchalik esa Londonga ko‘chiriladi.

“Iroda koalitsiyasi” — NATOdan mustaqil harakatlanadigan yangi harbiy tuzilma.

Bu koalitsiya tarkibiga o‘n minglab yevropalik harbiylar jalb etiladi. Ular Ukraina shaharlari, strategik infratuzilma obyektlari, xususan atom elektr stansiyalarini himoya qiladi. Ilgari bu reja NATO bilan kelishmovchilik xavfi sabab to‘xtatib qo‘yilgan edi. Endi esa Buyuk Britaniya va Fransiya bu tashabbusni o‘z zimmasiga oldi.

Jon Hili nima dedi? Britaniya mudofaa vaziri Jon Hili: “Bosh vazir har doim zarurat tug‘ilsa, Ukrainaga qo‘shin yuborishga tayyor”, — deya ta’kidladi.

Ukraina osmoni ochiladimi? Koalitsiya rejasiga ko‘ra, Buyuk Britaniya va Fransiya havo kuchlari Ukrainaning havo hududini qo‘riqlaydi. Bu orqali tijoriy parvozlar tiklanishi kutilmoqda.

Qora dengizni kim tozalaydi? Bu orada Turkiya, Bolgariya va Ruminiya Qora dengizni minalardan tozalash va Ukraina portlariga yuk tashish yo‘llarini himoya qilish vazifasini zimmasiga olgan.

Diqqat! Makron alohida ta’kidladi: “Fransiya-Britaniya koalitsiyasi Ukrainaga boshqa Yevropa davlatlari yuborgan qo‘shinlar xavfsizligini kafolatlamaydi”.

Kir Starmer yakuniy so‘zida shunday dedi:

“Putin tinchlikdan yuz o‘girayotgan bir paytda, biz ukrain xalqini yanada kuchliroq qo‘llab-quvvatlaymiz.”

Tinchlik sulhi imzolangach, Kiyevga harbiy instruktorlar, logistika mutaxassislari va boshqa zarur kadrlar yuboriladi. Maqsad — Ukrainani mustahkamlash, urushdan keyingi tiklanishda yordam berish.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Dunyo Bugun 04:05

    'Senat Trumpning Eronga qarshi harakatlarini cheklashni rad etdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 04:05

    Senat Trumpning Eronga qarshi harakatlarini cheklashni rad etdi

    AQSh Senati qonunchilarining Prezident Donald Trumpning Eronga qarshi harbiy harakatlarini cheklash bo‘yicha taklifini qo‘llab-quvvatlamadi.

    'Pokiston va Afgʻoniston Ramazon hayiti arafasida harbiy harakatlarni vaqtincha toʻxtatdi'ning rasmi

    Dunyo 19.03.2026 12:51

    'Putin Larijoniy o‘limiga munosabat bildirdi: “U Rossiyaning haqiqiy do‘sti edi”'ning rasmi

    Dunyo 19.03.2026 03:50

    Putin Larijoniy o‘limiga munosabat bildirdi: “U Rossiyaning haqiqiy do‘sti edi”

    Eron tomoni Larijoniyning Isroil havo zarbasi oqibatida halok bo‘lganini tasdiqladi.

    'Isroil Eron razvedkasi rahbari o‘ldirilganini e’lon qildi'ning rasmi

    Dunyo 18.03.2026 13:53

    Isroil Eron razvedkasi rahbari o‘ldirilganini e’lon qildi

    Hattib 2021 yildan Eron Razvedka vaziri edi va yangi Oliy rahnamosiga eng yaqin shaxslardan biri hisoblanar edi.

    ''ning rasmi

    Dunyo 18.03.2026 12:41