Hindiston poytahti Dehlida bir nechta sud binolari va politsiyaga qarashli ikki maktab bomba qo‘yilgani haqida yolg‘on xabarlar olindi. Mintaqning yozishicha, havfsizlik kuchlari tahdidni tekshirish davomida sud jarayonlari bir necha soatga to‘xtatilgan. Politsiya tekshiruvlari natijasida hech qanday havfli buyum topilmagan, barcha qo‘ng‘iroqlar soxta ekani ma’lum qilindi. Katta politsiya zobitining aytishicha, qo‘ng‘iroq qilgan noma’lum shaxs darhol telefonini o‘chirib qo‘ygan, ammo uni anqlash ishlari davom etmoqda. Yolg‘on tahdid yil davomida sodir bo‘lgan portlash bilan bog‘langan bo‘lishi mumkin. Bomba xabarlari kelib tushgan sudlardan biri — Patiyala Hous sudi, u yerda 10 noyabr kuni Qizil qal’a metrosi yaqinida sodir bo‘lgan terakt isi ko‘rilishi kutilgan edi. Ushbu hujumda 15 kishi halok bo‘lib, o‘nlab odamlar jarohat olgan. Politsiya 17 noyabr kuni portlashda yordam berishda gumon qilingan yana bir kashmirlik shaxsni hibsga olgan. Uning isi ham 18 noyabr kuni sudda ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bino atrofida oldindan qo‘shimcha havfsizlik choralari ko‘rilgan edi.






