Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon AQShga kiritilayotgan investitsiyalarni 600 milliard dollardan 1 trillion dollargacha oshirishini ma'lum qildi. Bu haqda u 18 noyabr kuni Oq uyda AQSh prezidenti Donald Trump bilan uchrashuvda aytdi.
Trump ham shahzodaning bayonotini ijobiy qarshi olgan. "600 milliard endi trillion bo'ladimi? Bu menga juda yoqdi", — degan u.
Muhammad bin Salmonga ko'ra, Saudiya Arabistoni AQSh bilan texnologiya, sun'iy intellekt, materiallar, magnetizm va boshqa sohalarda yangi kelishuvlar imzolashi kutilmqda.
Ma'lumot uchun, may oyida ikki davlat tarixidagi eng yirik iqtisodiy paket — 600 milliard dollardan ortiq qiy matdagi bitimlar to'plami imzolangan edi. Shunda "Axios" nashri Trumpning Fors ko'rfazi davlatlari bilan 1 trillion dollarlik kelishuv tuzish istagi borligini yozgandi.






