Toshkent shahar IIBBning bergan xabariga ko‘ra, joriy yilning 26 iyul kuni soat 01:05 larda Toshkent shahrining Shayxontohur tumani Nurafshon ko‘chasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2005 yilda tug‘ilgan B.B. Spark rusumli avtomashinani boshqarib ketayotgan vaqtda rul boshqaruvini yo‘qotib, beton ustunga urilgan.
Ushbu YTH oqibatida haydovchi og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan. Shuningdek, avtomashina ichida bo‘lgan yo‘lovchi — 2004 yilda tug‘ilgan A.J. ham tan jarohati olib, unga voqea joyida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.