DXXning Darakchi.uz’ga ma’lum qilishicha, 2024 yilning noyabr–dekabr hamda 2025 yilning yanvar–fevral oylari uchun soliq hisobotlarini o‘z vaqtida topshirmagani sababli unga nisbatan ijro ishi ochilgan. Ammo keyinchalik Buxoro shahri jinoyat ishlari bo‘yicha sudining qarori bilan bu jazo bekor qilingan.
Shunga qaramasdan, Buxoro shahar soliq inspeksiyasi bosh inspektori ushbu qaror asosida tadbirkorning mol-mulkiga qo‘yilgan taqiqni bekor qilish evaziga undan 400 AQSH dollari talab qilgan.
Milliy xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda soliqchi porani olayotgan mahalda ushlangan.
Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.