Andijon viloyatining Andijon shahrida 4,6 mlrd so‘mlik elektir enegiyasidan noqonuniy foydalangan MChJ fosh etildi.
Ma’lum qilinishicha, o‘tkazilgan nazorat tadbirida Andijon shahrida faoliyat yuritayotgan “G.T.” MChJ tomonidan elektir enegiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlandi.
Ushbu MChJga qarashli 2 ta tekstil mahsulotlariga aksessuarlar ishlab chiqarish va matolarga gul bosish sexi elektir tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulangani ma’lum bo‘lgan.
Qoidabuzarlik oqibatida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, elektir ta’minoti korxonasiga 4 milliard 651 million so‘mlik zarar yetkazilgan.
Bildirilishicha, hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovgacha tekshiruv ishlari olib borilmoqda.