O‘tgan mavsumning mutlaq g‘olibi BMB jamoasi hamda chempionatda ikkinchi o‘rin egallab, Kubok finaliga yetib kelgan "Oil Star" klubi Superkubok uchun kuch sinashadi.
Tashkilotchilar ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuvni tomosha qilish uchun bir qator futbol afsonalari Toshkentga tashrif buyurishi rejalashtirilgan.
Ular orasida braziliyalik Ronaldinyo va portugaliyalik Luis Figu kabi jahon miqyosidagi yulduzlar ham bor.
Eslatib o‘tamiz, BMB jamoasi o‘tgan mavsumda chempionat va mamlakat Kubogida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, "Oil Star" klubi chempionatda ikkinchi o‘rinni egallab, Kubok finaligacha yetib kelgan.