AsosiyJamiyat

Rossiyadan "Vatanga qaytarish" loyihasi doirasida 100 dan ortiq Oʻzbekistonlik yurtga qaytarildi

Fuqarolarga Oʻzbekistonga qaytish sertifikatlari va aviachiptalar taqdim etilib, vatanga kuzatib qoʻyilgan.

'Rossiyadan "Vatanga qaytarish" loyihasi doirasida 100 dan ortiq Oʻzbekistonlik yurtga qaytarildi'ning rasmi

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida og‘ir hayotiy vaziyatda qolgan 100 dan ortiq O‘zbekiston fuqarolari mamlakarga olib kelingan. Bu haqda "Dunyo" xabar berdi.

Qayd etilishicha, mazkur insonparvarlik ko‘magi O‘zbekistonda joriy yil 30 iyuldan 30 avgustgacha e’lon qilingan "Vatanga qaytarish" dasturi doirasida mamlakating Bosh konsulxonasi va Migratsiya agentligi vakolatxonalari ko‘magida amalga oshirilayapti.

Aksiya doirasida Sankt-Peterburg shahrida og‘ir hayotiy vaziyatda bo‘lgan 100 dan ortiq fuqarolarga O‘zbekistonga qaytish sertifikatlari va aviachiptalar taqdim etilgan. Ular bugun, 18 avgust kuni O‘zbekistonga kuzatib qo‘yiladi.

Bundan tashqari, 33 nafar fuqaro, jumladan, xorijiy fuqarolarni vaqtincha saqlash markazida bo‘lgan va og‘ir moddiy ahvolda qolgan o‘zbekistonliklarga moddiy yordam ko‘rsatilgan.

    Boshqa yangiliklar