AsosiyJamiyat

Oʻzbekiston Afgʻoniston energetikasiga 243 million dollar sarmoya kiritadi

Ikkki mamlakat o‘rtasida quvvati 1000 MVt gacha bo‘lgan yirik elekttr loyihalar amalga oshiriladi.

'Oʻzbekiston Afgʻoniston energetikasiga 243 million dollar sarmoya kiritadi'ning rasmi

17 avgust kuni O‘zbekiston va Afg‘oniston energetika sohasida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha to‘rtta shartnoma imzoladi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston tomoni qariyb 243 million dollar sarmoya kiritib, Afg‘onistonda elekt uzatish tarmoqlari va podstansiyalarini qurish hamda modernizatsiya qilishni rejalashtirmoqda. Loyihalar qatorida Surxon – Dasht-i-Alvan (500 kV) elekt uzatish tarmog‘i, Argandi podstansiyasini kengaytirish, Kobul – Shayx-Masri (220 kV) liniyasi hamda Nangarhorda yangi Shayx-Mesri podstansiyasini qurish ishlari bor. Barcha ishlar 18 oy ichida yakunlanishi rejalashtirilgan. Shundan so‘ng Afg‘oniston O‘zbekistondan 800–1000 MWtgacha elekt energiyasini import qilishi mumkin bo‘ladi.

    Boshqa yangiliklar