Kembrij lug‘ati bu yil 6 mingdan ortiq yangi so‘z bilan to‘ldirildi. Ular orasida TikTokda mashhur bo‘lgan “tradwife”, “delulu”, “mouse jiggler” va “skibidi” kabi atamalar ham bor.
“Tradwife” – an’anaviy uy bekasi bo‘lishni ongli ravishda tanlagan ayolni bildiradi. “delulu” – haqiqatdan yiroq, hayoliy ishonchni anglatadi.
“Mouse jiggler” esa masofadan ishlaydiganlar orasida ommalashgan dastur bo‘lib, sichqonchani avtomatik qimirlataadi va kompyuterni “uxlashdan” saqlaydi.
“Skibidi” esa mashhur “Skibidi Toilet” veb-seriyasidan keyin tilga kirib kelgan. Seriyani rossiyalik animator Aleksey Gerasimov yaratib, keyinchalik Gruziyaga ko‘chib o‘tgan.