AsosiyDunyo

Rossiyadan migratsiya qonunchiligini buzgan 2,8 ming migrant deport qilindi

Hukumat noqonuniy migrantlar orasidagi jinoyatchilikka qarshi chorani kuchaytirgan.

'Rossiyadan migratsiya qonunchiligini buzgan 2,8 ming migrant deport qilindi'ning rasmi

2025 yilning birinchi yarmida Rossiyadan migratsiya qonunchiligini buzgan 2,8 ming kishi deportatsiya qilingan. Bu haqda Rossiya Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilgi davrga (2,4 ming) nisbatan 17 foizga ko‘p. Hukumat noqonuniy migrantlar orasidagi jinoyatchilikka qarshi chorani kuchaytirgan. Joriy yilning birinchi yarmida migratsiya sohasida 587,8 mingta huquqbuzarlik aniqlandi (+16,7 foiz), jumladan, noqonuniy yashash (+27,9 foiz) va bozorlar orqali ishga joylashishda qoidabuzarliklar (+52,5 foiz).

Shuningdek, IIV vaqtincha yashash ruxsatnomasi va yashash guvohnomasini berishni ham sezilarli darajada qisqartirgan. Birinchi yarim yillikda berilgan vaqtincha yashash ruxsatnomalari soni 31,6 foizga kamayib, 16,6 mingni, yashash guvohnomasi esa 32,2 foizga kamayib, 80,1 mingni tashkil qilgan. Bundan tashqari, shu davrda 791 kishi Rossiya fuqaroligidan mahrum etilgan.

Ma’lumot uchun, xorijliklarning mehnat faoliyati bo‘yicha bildirishnomalar soni oshgan. Patentlar bo‘yicha – 30,1 foizga oshib, 1,2 millionga, mehnat ruxsatnomalari bo‘yicha esa – 64,2 foizga oshib 70,7 mingga yetgan.

    Boshqa yangiliklar