AsosiyDunyo

Eron Isroilga raketalar bilan tahdid qildi

25 iyundan beri ikki davlat o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi amalda. Biroq rasmiylar har qanday vaqtda to‘qnashuv qayta boshilanishi mumkinligini ta’kidlagan.

'Eron Isroilga raketalar bilan tahdid qildi'ning rasmi

Eron rasmiylari 20 avgust kuni Isroil bilan ehtimoliy urush yuzaga kelsa, kuchliroq raketalar bilan hujum qilishini aytib tahdid qildi. Bu haqda Al Arabiya xabar berdi.

Eron mudofaa vaziri Aziz Nosirzoda mamlakatda ancha kuchliroq va zamonaviy texnikalar borligini aytgan Unging so‘zlariga ko‘ra, 12 kunlik urushda qo‘llanilgan raketalar bir necha yil avval ishlab chiqarilgan edi. Bugungi kunda esa ular bilan solishtirganda ancha kuchliroq imkoniyatlarga ega zamonaviy raketalar mavjud.

25 iyundan beri ikki davlat o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi amalda. Biroq Eron rasmiylari har qanday vaqtda to‘qnashuv qayta boshilanishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

Eron birinchi vitse-prezidenti Muhammad Rezo Aref 18 avgust kuni bu borada bayonot berdi:

“Eron har lahazada qarshilik ko‘rsatishga tayyor turishi kerak. Bu aslida sulh emas — biz faqat harakatlarni vaqtincha to‘xtatganmiz”.

Shuningdek, Eron armiyasi 21 avgust, payshanba kunidan ikki kunlik harbiy mashg‘ulotlarni boshilashi rejalashtirilgan. Mashg‘ulotlar davomida qisqa va o‘rta masofali qanotli raketalar sinovdan o‘tkaziladi. Ayni paytda, g‘arb davlatlari, xususan Frantsiya, Eronning raketa dasturini mintaqaviy xavfsizlikka tahdid deb baholab, Tehronndan nafaqat yadroviy, balki harbiy dasturlar ustidan ham muzokara o‘tkazishni talab qilmoqda. Eron esa o‘zining mudofaa salohiyati muhokama mavzusi emasligini ta’kidlamoqda.

    Boshqa yangiliklar