AsosiyDunyo

Isroilning Gʻazoga bosqini 2026 yilda ham davom etadi

Operatsiyada 5 ta diviziya, 12 ta brigada jangovar guruhi hamda G‘azo diviziyasining shimoliy va janubiy brigadalari qatnashadi.

'Isroilning Gʻazoga bosqini 2026 yilda ham davom etadi'ning rasmi

Isroil kuchlarining Gʻazo sektorini toʻliq bosib olish operatsiyasi 2026 yilda ham davom etadi. Bu haqda “Ynet” xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Isroil Mudofaa kuchlariga (SAXAL) zahiradagi askarlarni safarbar qilish 2025 yil sentyabr va noyabrda, shuningdek, 2026 yilning mart oyida amalga oshiriladi.

Operatsiyada 5 ta diviziya, 12 ta brigada jangovar guruhi hamda Gʻazo diviziyasining shimoliy va janubiy brigadalari qatnashadi. Shuningdek, jangovar harakatlarga uchta rezerv brigada jalb qilinadi. Operatsiya eng qizgʻin pallasida xizmatda boʻladigan zahiradagi askarlar soni 130 ming nafarni tashkil etadi.

Qayd etilishicha, Gʻazoni bosib olish rejalari 21 avgust kuni Isroil hukumatiga taqdim etiladi. “The  Times of Israel” manbalariga koʻra, 60 ming nafar zahiradagi askarga chaqiruv qogʻozi yuborilishi kutilmakda.

    Boshqa yangiliklar