AsosiyBu qiziq

Dunyodagi eng keksa ayol 116 yoshini nishonladi

U 1909 yilda tugʻilgan oxirgi tirik inson sifatida tilga olinadi.

'Dunyodagi eng keksa ayol 116 yoshini nishonladi'ning rasmi

Bugun, 21 avgust kuni dunyodagi eng keksa inson o‘zining 116 yoshini nishonlamoqda. Bu haqda Ginnesning rekordlar kitobi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha ayol 1909 yilda tug‘ilgan oxirgi inson hisoblanadi. U sakkiz farzandli oilaning a’zosi bo‘lgan. Katerxemning opasi Gledis Babilas ham uzoq umr ko‘rib, 2002 yilda 104 yoshida vafot etgan.

Katerxem 1976 yilda turmush o‘rtog‘idan ajralgan, shuningdek, ikki farzandi ham uzoq yashamagan. U 1909 yilda tug‘ilgan oxirgi tirik inson sifatida tilga olinadi. 

Shuningdek, Katerxem 2020 yilda – 110 yoshida COVID-19 bilan kasallangan va pandemiyani boshidan kechirgan eng keksa insonlardan biri hisoblanadi.

Undan uzoq umr ko‘rish siri haqida so‘rashganda, har bir imkoniyatga “ha” deng, chunki uning qayerga olib borishini hech qachon bilmaysiz, Ijobiy kayfiyatni saqlang va hamma narsada me’yorni biling degan.

    Boshqa yangiliklar