AsosiyDunyo

Germaniya razvedkasi “Gamescom” oʻyin koʻrgazmasida yoshlarni yollashga urindi

BND "Legendlari" nomli oʻyin orqali texnikaga qiziqqanlar eʼtiborini tortmoqchi.

'Germaniya razvedkasi “Gamescom” oʻyin koʻrgazmasida yoshlarni yollashga urindi'ning rasmi

kol'n shahrida o‘tayotgan dunyodagi eng yirik o‘yinlar ko‘rgazmasi — Gamescom 2025 doirasida Germaniya tashqi razvedkasi (BND) o‘zining interaktiv videoo‘yinini taqdim etdi. “BND Legenden — Operation Blackbox” nomli o‘yinda bosh qahramon Betulan deb nomlangan to‘qima mamlakatning raqamli infrastrukturni yo‘q qilishga qodir virus dasturini to‘xtatishi kerak. BND vakili Yuliya Linnerga ko‘ra, o‘yin yoshlarni razvedka ishining mohiyatini his etishga undaydi. U “Gamescom auditoriyasi bilan BNDga kerakli kadrlar o‘rtasida ko‘p o‘xshashlik bor — texnikaga qiziqish, rollarga kirish, topshiriqlar bajarish, yashirin aloqalarni topish kabi jihatlar”, — deydi u. Ayni paytda BNDda 6 500 ga yaqin xodim ishlaydi, ammo razvedka agentligi hali ham malakali mutaxassislar izlashda davom etmoqda. “Gamescom” 2009 yildan beri har yili o‘tkaziladi va bu yilgi ko‘rgazmaga 122 davlatdan 335 ming kishi tashrif buyurdi. Unda 1 500 dan ortiq stendlar, jumladan BND va Germaniya armiyasi — “Bundesver”ning stendlari ham joy oldi.

    Boshqa yangiliklar