AsosiyDunyo

Meksikada o‘tloqdan chiriy boshlagan 6 nafar erkakning tanasiz boshi topildi

Tergov politsiyasi xodimlari va ekspertlar voqea joyiga etib borgan va dastlabki tekshiruv ishlarini boshlagan.

'Meksikada o‘tloqdan chiriy boshlagan 6 nafar erkakning tanasiz boshi topildi'ning rasmi

Joriy yilning 19 avgust kuni Meksikada politsiya yo‘l bo‘yidan olti erkakning kesilgan boshini topdi. Bu haqda “La Jornada” nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, soat 6:45 da 911 favqulodda xizmatiga bir kishi qo‘ng‘iroq qilib, yo‘ldan o‘tayotganda yo‘l yoqasida “odam boshiga o‘xshash narsa”ni uzoqdan ko‘rib qolganini xabar qilgan. 

Politsiya boshlarning yuz qismidan teri ajratib olinganini va ularning yonidan jinoyatchi guruhlarning biri tomonidan imzolangan deb taxmin qilinayotgan yozuvli mato topilgan.

Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, bu San-Martin Tekmelukan (Puebla shtati) chegarasiga yaqin hududda hududiy nazorat uchun kurashayotgan jinoyatchi guruhlar o‘rtasidagi o‘zaro “hisob-kitob” bo‘lishi mumkin. Chiriy boshlagan 6 odamning boshi o‘tloq orasidan,  Atononilko-Ikstakuistla yo‘nalishidagi yo‘l bo‘yidan topilgan.

Tlaskala shtati Bosh prokuraturasi mazkur holat yuzasidan tergov ishini boshlagan. Politsiya xodimlari voqea joyiga yetib borgan va dastlabki tekshiruv ishlarini boshlagan.

 

    Boshqa yangiliklar