Rasmiy Anqaraning fikricha, bu holat Isroilning uzoq yillardan buyon amalga oshirib kelayotgan harbiy jinoyatlari va xalqaro huquq normalarini muntazam ravishda buzib kelayotganiga qaramay, haligacha jazosiz qolishi oqibatida yuzaga kelgan.
Bayonotda aytilishicha, BMT qoʻllovida IPC kuzatuv guruhi tayyorlagan hisobot Gʻazoda falastinliklarga qarshi amalga oshirilayotgan siyosatning qay darajada halokatli oqibatlarga olib kelayotganini yaqqol koʻrsatib turibdi.
"Netanyahu hukumatining genotsid yoʻnalishi va falastinliklarga nisbatan shafqatsiz munosabati tufayli gumanitar halokat misli koʻrilmagan darajada kengaydi. Eng achinarlisi, shu paytgacha sodir etib kelayotgan harbiy jinoyatlari va xalqaro huquqni buzishlari jazolanmasdan qolishi Isroilni yanada ruhlantirmoqda va xatarli darajada tajovuzkorga aylantirmoqda", — deyiladi bayonotda.