Kecha, 24 avgust kuni Isroil harbiy-havo kuchlari Yaman poytaxti Sana shahriga aviahuijum uyushtirdi.
Yaman Sog‘liqni saqlash vazirligining rasmiy ma’lumotiga ko‘ra, huijum natijasida 6 kishi halok bo‘lgan, 86 kishi tan jarohati olgan. Zarbalar elektr stantsiyasi va neft’ kompaniyasining infratuzilmasiga qaratilgan.
Isroil tomoni bu huijumni Husiylarning raketa va dronlar orqali uyushtirgan avvalgi zarbalariga javob sifatida izohladi. Husiylar vakili Muhammad al-Farrah esa bu huijumlar asosan tinch aholiga qaratilganini bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, G‘azo sektorida davom etayotgan urush tufayli Husiylar Isroilga nisbatan muntazam zarbalar yo‘llamoqda. Shu kungacha G‘azoda 200 mingdan ortiq odam halok bo‘lgan yoki yaralangan.