Armaniston banklari va brokerlari rossiyalik mijozlardan soliq rezidentligi haqida maʼlumot soʻramoqda. Bu Rossiya bilan avtomatik maʼlumot almashinuv doiradasida amalga oshirilmoqda.
Ekspertlarga koʻra, Yerevan 2024 yil yakunlari boʻyicha birinchi maʼlumotlarni sentyabrda Moskvaga yuboradi.
Shu tariqa, Rossiya Federal soliq xizmati Armanistonda hisob ochgan rossiyaliklarning daromad va aktivlarini koʻra oladi.
Armaniston hozirda rossiyaliklar orasida eng omabop xorijiy bank hisoblari ochiladigan mamlakat sanaladi.