AsosiyDunyo

Endi Fransiyada amaldorlar milliy messenjerdada "chatlashadi"

Mamlakat rasmiylari vazirlarga Tchap milliy xabar almashish ilovasidan foydalanishni buyurgan.

'Endi Fransiyada amaldorlar milliy messenjerdada "chatlashadi"'ning rasmi

Fransiyada joriy yilning 1 sentyabridan boshlab barcha davlat xizmatchilari Tchap milliy messenjeridan foydalanishni boshlandi. Bu haqda “Le Figaro” gazetasi xabar berdi.

Bildirilishicha, Fransiya hukumati Signal, Telegram va WhatsApp messenjerlaridan foydalanishni taqiqlagan, chunki ular xorijiy maxsus xizmatlar bilan bog‘liq deb hisoblanadi. Xususan, WhatsApp va Signal – AQSh, Telegram esa Rossiya maxsus xizmatlari bilan.

Hukumat ma’lumotiga ko‘ra, Tchap ilovasi Raqamli texnologiyalar bo‘yicha idoralararo boshqarma (Dinum) va Axborot tizimlari xavfsizligi milliy agentligi (ANSSI) tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, davlat xizmatchilari o‘rtasida xavfsiz ishchi muloqotini ta’minlash uchun mo‘ljallangan.

“Xavfsiz” va “mustaqil” xizmat sifatida e’lon qilingan Tchap ochiq kodli Riot operatsion tizimi va London hamda Renn shaharlarida joylashgan Matrix kompaniyasi dasturiy ta’minoti asosida ishlaydi. Unging ma’lumotlari Fransiya hukumati serverlarida saqlanadi. Tchapni faqat hukumat elektron manzillariga (gouv.fr yoki elysee.fr bilan tugaydigan) ega bo‘lganlar App Storedan yuklab olishi mumkin. Bundan tashqari, foydalanuvchilar o‘rtasida almashilayotgan xabarlar end-to-end shifrlash orqali himoyalangan bo‘lib, ularni faqat jo‘natuvchi va qabul qiluvchi o‘qiy oladi.

Messenjer nomi XVIII asr fransuz muhandisi, dastlabki optik aloqa usullaridan birini ixtiro qilgan Klod Shapp sharafiga qo‘yilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Tramp AQSH Mudofaa vazirligiga «Urush vazirligi» nomini qaytarmoqchi'ning rasmi

    Dunyo 05.09.2025 17:53

    Tramp AQSH Mudofaa vazirligiga «Urush vazirligi» nomini qaytarmoqchi

    Avvalroq Oq uy rahbari “mudofaa so‘zi juda himoyaviy eshitilishi”ni aytgandi.

    'Kongoda yanggi virus tarqalmoqda'ning rasmi

    Dunyo 05.09.2025 17:15

    Kongoda yanggi virus tarqalmoqda

    Kasalxonalarda 28 nafar bemor virus bilan kasallanganlikda gumon qilinib, ulardan 15 kishi vafot etgan.

    'Talabalar o'rtasida jinoyatchilik ortmoqda'ning rasmi

    Dunyo 05.09.2025 17:12

    Talabalar o'rtasida jinoyatchilik ortmoqda

    2024 yilda oliy ta'lim muassasalari talabalari ishtirokida 761 ta jinoyat sodir etilgani aniqlandi.

    'Fridrix Mers: "Yevropaning dunyodagi roli yanada og'irroq bo'lishi kerak"'ning rasmi

    Dunyo 05.09.2025 17:07

    Fridrix Mers: "Yevropaning dunyodagi roli yanada og'irroq bo'lishi kerak"

    Fridrix Mers Yevropaning global siyosatda o‘z rolini yetarlicha bajarayotganini tan oldi va Yevropa davlatlarini kuchliroq pozitsiya egallashga chaqirdi.

    'Bidendan saraton o'simtasi olib tashlandi'ning rasmi

    Dunyo 05.09.2025 16:05

    Bidendan saraton o'simtasi olib tashlandi

    Baydenning matbuot kotibining ma'lumotiga ko'ra, operatsiyada "Moos" usuli qo'llangan.

    ''ning rasmi

    Dunyo 05.09.2025 15:04