Shu yilning 20 sentabr kuni soat 13:00 lar atrofida Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani Yakkatut qishlog‘iga yondosh Burchmulla davlat o‘rmon xo‘jaligi hududida yongin kelib chiqqan.
Bu haqda O‘rmon va yashil hududlarni ko‘paytirish va cho‘llanishga qarshi kurashish agentligi ma’lum qildi.
Voea joyiga o‘rmon xo‘jaligi mas’ullari, 40 nafardan ziyod ishchi-xodimlar, 10 nafar ushbu mahalladagi yongin qutqaruv guruhi ko‘ngillilari hamda tuman IIB xodimlari yetib borgan. Ularning sa’y-harakatlari bilan yongin shu kuni soat 14:40 da to‘liq o‘chirilgan.
Ma’lum qilinishicha, oqibatda 1,5 gektarga yaqin yer maydonidagi qurigan o‘tlar yongan. Yongin Yakkatut qishlog‘ida yashovchi 1956 yilda tug‘ilgan fuqaro S.D ning texnika xavfsizligiga rioya qilmasdan ichimlik suvi metal quvurini payvandlashi oqibatida kelib chiqqan.
Ushbu fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining MJTKning 84-moddasi 3-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.