AsosiyJamiyat

Тошкентда қурилишга рухсат олиш учун яхшигина харажат борлигини айтган тадбиркорни боши балога қоладиган бўлди

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tadbirkorga tegishli tartibda chora ko‘rilishi uchun IIVga rasmiy ariza kiritdi.

'Тошкентда қурилишга рухсат олиш учун яхшигина харажат борлигини айтган тадбиркорни боши балога қоладиган бўлди'ning rasmi

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi fuqaro (tadbirkor) Usmonjon Abdusamadovga nisbatan tegishli tartibda javobgarlik choralari ko‘rish va huquqiy baho berilishini so‘rab, Ichki ishlar vazirligiga rasmiy ariza kiritdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, shu yilning 29 avgust kuni qurilish sohasi tadbirkorlari bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotda o‘zini bir nechta qurilish kompaniyalari rahbari sifatida tanishtirgan Usmonjon Abdusamadov turli da’volar bilan chiqdi.

U, jumladan, "Toshkentda bitta uy uchun 200 ming dollargacha xarajat bor", — deya jamoatchilik orasida asossiz axborot tarqalishiga sababchi bo‘ldi.

"Mazkur ma’lumotlar ijtimoiy tarmoqlarda turli muhokamalarni keltirib chiqardi. Oqibatda qurilish sohasida respublika miqyosida olib borilayotgan islohotlarga, soha vakillari hamda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligiga nisbatan salbiy munosabat shakllanmoqda", — deyiladi xabarda.

Shuningdek, bu o‘z navbatida Vazirlik va uning tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlarning sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘siga putur yetkazayotgani ham ta’kidlandi.

"Vazirlik qurilish sohasiga oid barcha davlat xizmatlari va to‘lovlar belgilangan tartibda elektron tarzda amalga oshirilishini, bu jarayonda qo‘shimcha mablag‘ talab qilinishi qat’iy taqiqlanganini qayd etdi.

Jismoniy va yuridik shaxslar shaharsozlik hujjatlarini olish uchun arizalarni faqat Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali yuborishi mumkin. Arizalarni ko‘rib chiqishda fuqaro va vakolati organ vakili o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotga yo‘l qo‘yilmaydi. 

Xususan, obyekt qurilishiga oid ruxsatnoma olishdan tortib, uni foydalanishga qabul qilishgacha bo‘lgan barcha jarayonlar "Shaffof qurilish" milliy axborot tizimi orqali toliq nazorat qilinadi. Bu jarayonlar Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 20 apreldagi 200-son qarori bilan tasdiqlangan ma’muriy reglamentlar asosida aniq tartibga solingan", — deyiladi vazirlik xabarida.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Kelin uyini sotib yuborgan kuyov 9 yilga qamaldi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 21:09

    Kelin uyini sotib yuborgan kuyov 9 yilga qamaldi

    Jinoiy ishlar bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudi Shahzod Rismatovga hukm o‘qidi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 21:02

    ''ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 19:31

    'Dollarning rasmiy kursi koʻtarildi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 16:27

    Dollarning rasmiy kursi koʻtarildi

    Markaziy bank 24 noyabr kuni uchun belgilangan yangi valyuta kurslarini e'lon qilindi.

    'Toshkentning ifloslangan havosi tozalash boshlandi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 15:41

    Toshkentning ifloslangan havosi tozalash boshlandi

    Havodagi PM2.5 va PM10 miqdori oshgan sharoitda yo'llarni namlash shahardagi ikkilamchi changlanishni qisqa vaqtda kamaytiruvchi eng tezkor choralardan biri hisoblanadi.

    'O‘zbekistonda turizm uchun yangi imtiyoz va subsidiyalar joriy etildi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 13:18

    O‘zbekistonda turizm uchun yangi imtiyoz va subsidiyalar joriy etildi

    Turistlar oqimini ko'paytirish, xizmatlar sifatini oshirish va investitsiyalarni rag'batlantirishni ko'zda tutadi.