AsosiyDunyo

Erdoʻgʻanning BMTdagi nutqi vaqtida mikrofoni oʻchirildi

Turkiya Prezidenti Recep Tayyip Erdo‘gan BMT Bosh Assambleyasidagi chiqishida Isroilni qoralayotgan paytda uning mikrofon avtomatik tarzda o‘chib qoldi.

'Erdoʻgʻanning BMTdagi nutqi vaqtida mikrofoni oʻchirildi'ning rasmi

“Anadolu” xabariga ko‘ra, voqea “Falastin muammosiga yechim topish va ikki davlat yechimi” mavzusidagi konferentsiyada sodir bo‘lgan.

Erdo‘gan nutqining 4-daqiqasining 48-soniyasida ovoz uzilib qolgan, ammo u buni sezmay yana bir daqiqa gapirgan.

BMT reglamentiga ko‘ra, davlat rahbarlari uchun 5 daqiqa vaqt ajratilgani sababli mikrofon avtomatik tarzda o‘chirilgani ma’lum qilindi.

Turkiya Aloqa boshqarmasi Prezidentning so‘zlari to‘xtatilmaganini, balki reglament bo‘yicha belgilangan vaqt tugagani sabab ovoz uzilganini ta’kidladi.

    Boshqa yangiliklar