Loyiha Xitoydan Yevropagacha yuk tashishni Qozog‘iston, Kaspiy dengizi, Kavkaz va Turkiya orqali quruqlik yo‘li bilan amalga oshirishni nazarda tutadi. Bu yo‘lda yuklar 12–15 kunda yetkazilishi mumkin, dengiz orqali esa taxminan 40 kun ketadi.
Anqara Armaniston bilan chegarani ochish ustida ham ish olib bormoqda. 32 yildan beri yopiq bo‘lgan punkt qayta ishga tushishi mumkin, bu esa yangi yo‘l uchun muhim bo‘g‘in hisoblanadi.
Loyiha AQSh qo‘llab-quvvatlayotgan TRIPP tashabbusi bilan ham bog‘liq bo‘lib, Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasidagi tinchlik jarayonlari doirasida ko‘rib chiqilmogda.
Shu bilan birga, mutaxassislar logistika murakkabligi, temir yo‘l tizimlari nomutanosibligi va siyosiy xavflar loyihaning asosiy to‘siqlari ekanligini ta’kidlamoqda.






