AsosiyDunyo

Erdo'g'on: Eronga qarshi hujumlar mintaqaga jiddiy ta'sir ko'rsatmoqda

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Eronga qarshi amalga oshirilayotgan hujumlar mintaqaviy vaziyatni keskinlashtirayotganini aytdi. Anqara urushni to‘xtatish maqsadida diplomatik sa’y-harakatlarni kuchaytirganini ma’lum qildi.

'Erdo'g'on: Eronga qarshi hujumlar mintaqaga jiddiy ta'sir ko'rsatmoqda'ning rasmi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘gan Antaliya diplomatik forumi doirasida Iroq Kurd mintaqasi rahbari Nechirvan Barzani bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Zamon.uz ma’lum qildi.

Turkiya Prezident ma’muriyati ma’lumotiga ko‘ra, muzokaralar davomida tomonlar mintaqadagi so‘nggi siyosiy va xavfsizlik vaziyatini batafsil muhokama qilgan.

Erdo‘gan Eronga qarshi amalga oshirilayotgan hujumlar oqibatida yuzaga kelgan keskinlik butun mintaqaga jiddiy ta’sir ko‘rsatayotganini ta’kidlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya urushni to‘liq to‘xtatish va barqaror tinchlik muhitini yaratish maqsadida diplomatik sa’y-harakatlarni kuchaytirmoqda.

Turkiya rahbari, shuningdek, Eron atrofidagi vaziyat fonida ilgari surilayotgan separatistik stsenariyalar hech bir tomon manfaatiga xizmat qilmasligini qayd etdi. U Iroqdagi barqarorlik va xavfsizlikni saqlash ustuvor vazifa bo‘lib qolayotganini bildirgan.

Bundan tashqari, Erdo‘gan Hurmuz bo‘g‘azi atrofidagi voqealar neft ta’minoti yo‘llarini diversifikatsiya qilish zaruratini yana bir bor ko‘rsatganini aytgan.

Shu munosabat bilan u “Taraqqiyot yo‘li” loyihasining strategik ahamiyatini alohida ta’kidlagan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Tramp AQSH va Eron o‘rtasida yangi muzokaralar o‘tkazilishini e’lon qildi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 17:35

    Tramp AQSH va Eron o‘rtasida yangi muzokaralar o‘tkazilishini e’lon qildi

    AQSh va Eron o'rtasida yangi muzokaralar rejalashtirilgani ma'lum qilindi. AQSh vakillari dushanba kuni Islomobodga borib, Eron tomoni bilan uchrashuv o'tkazadi.

    'Turkiya "Oʻrta yoʻlak"ni Hormuz boʻgʻoziga muqobil yoʻl sifatida ilgari surmoqda'ning rasmi

    Dunyo Bugun 17:28

    Turkiya "Oʻrta yoʻlak"ni Hormuz boʻgʻoziga muqobil yoʻl sifatida ilgari surmoqda

    Turkiya Yevropa va Osiyo o'rtasidagi asosiy tranzit markazga aylanish maqsadida "O'rta yo'lak" loyihasini faol targ'ib qilmoqda, deb yozadi Financial Times.

    'AQSh va Isroil zarbalaridan keyin ham Eron raketa tizimlarining katta qismini qayta yo‘lga qo‘ydi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 16:54

    AQSh va Isroil zarbalaridan keyin ham Eron raketa tizimlarining katta qismini qayta yo‘lga qo‘ydi

    The New York Times xabariga ko‘ra, AQSh razvedkasi baholari Eron urushdan oldingi ballistik raketalar zaxirasining taxminan 70 foizini saqlab qolganini ko‘rsatmoqda.

    'Avstraliyaning eng koʻp orden olgan askari urush jinoyatlari ayblovlariga qarshi kurashishga vaʼda berdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 09:48

    Avstraliyaning eng koʻp orden olgan askari urush jinoyatlari ayblovlariga qarshi kurashishga vaʼda berdi

    Ben Roberts-Smit urush jinoyatlari bo'yicha qo'yilgan ayblovlarni rad etdi va o'z nomini oqlash uchun kurashishini aytdi.

    'Papa “zolimlar” haqidagi nutqi Trampga qaratilmaganini aytdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 05:57

    Papa “zolimlar” haqidagi nutqi Trampga qaratilmaganini aytdi

    Mazkur bayonot ikki hafta oldin tayyorlangan bo‘lib, AQSh prezidenti bilan bog‘liq hodisalardan ancha oldin yozilgan.

    'Shimoliy Koreya sharqiy qirgʻogʻidan dengiz tomonga ballistik raketalar uchirdi.'ning rasmi

    Dunyo Bugun 03:19

    Shimoliy Koreya sharqiy qirgʻogʻidan dengiz tomonga ballistik raketalar uchirdi.

    Bu joriy yilda amalga oshirilgan yettinchi shunday sinov bo‘ldi.