AsosiyDunyo

Tramp AQSH va Eron o‘rtasida yangi muzokaralar o‘tkazilishini e’lon qildi

AQSh va Eron o'rtasida yangi muzokaralar rejalashtirilgani ma'lum qilindi. AQSh vakillari dushanba kuni Islomobodga borib, Eron tomoni bilan uchrashuv o'tkazadi.

'Tramp AQSH va Eron o‘rtasida yangi muzokaralar o‘tkazilishini e’lon qildi'ning rasmi

AQSh prezidenti Donald Tramp Vashington vakillari Eron bilan navbatdagi muzokaralarni o‘tkazish uchun Pokiston poytaxti Islomobodga yo‘l olishini ma’lum qildi.

Prezident o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida bayonot bergan. Bu haqda Zamon.uz ma’lum qildi.

Trampning ta’kidlashicha, AQSh muzokarachilari dushanba kuni Islomobodga yetib boradi va Eron bilan mavjud keskinlik hamda mojaroning yechimiga doir muzokaralarni boshlashi rejalashtirilgan.

“Mening vakillarim Islomobodga yo‘l olishmoqda. Ular ertaga kechqurun muzokaralar uchun u erga kelishadi”, — deb yozgan AQSh prezidenti. 

Hozircha Tramp delegatsiya tarkibiga kimlar kirishi, shuningdek, muzokaralarda qaysi masalalar muhokama qilinishi yuzasidan batafsil ma’lumot bermagan. 

Mazkur uchrashuv AQSh va Eron o‘rtasidagi munosabatlarda navbatdagi diplomatik bosqich sifatida baholanmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Erdo'g'on: Eronga qarshi hujumlar mintaqaga jiddiy ta'sir ko'rsatmoqda'ning rasmi

    Dunyo Bugun 17:41

    Erdo'g'on: Eronga qarshi hujumlar mintaqaga jiddiy ta'sir ko'rsatmoqda

    Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Eronga qarshi amalga oshirilayotgan hujumlar mintaqaviy vaziyatni keskinlashtirayotganini aytdi. Anqara urushni to‘xtatish maqsadida diplomatik sa’y-harakatlarni kuchaytirganini ma’lum qildi.

    'Turkiya "Oʻrta yoʻlak"ni Hormuz boʻgʻoziga muqobil yoʻl sifatida ilgari surmoqda'ning rasmi

    Dunyo Bugun 17:28

    Turkiya "Oʻrta yoʻlak"ni Hormuz boʻgʻoziga muqobil yoʻl sifatida ilgari surmoqda

    Turkiya Yevropa va Osiyo o'rtasidagi asosiy tranzit markazga aylanish maqsadida "O'rta yo'lak" loyihasini faol targ'ib qilmoqda, deb yozadi Financial Times.

    'AQSh va Isroil zarbalaridan keyin ham Eron raketa tizimlarining katta qismini qayta yo‘lga qo‘ydi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 16:54

    AQSh va Isroil zarbalaridan keyin ham Eron raketa tizimlarining katta qismini qayta yo‘lga qo‘ydi

    The New York Times xabariga ko‘ra, AQSh razvedkasi baholari Eron urushdan oldingi ballistik raketalar zaxirasining taxminan 70 foizini saqlab qolganini ko‘rsatmoqda.

    'Avstraliyaning eng koʻp orden olgan askari urush jinoyatlari ayblovlariga qarshi kurashishga vaʼda berdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 09:48

    Avstraliyaning eng koʻp orden olgan askari urush jinoyatlari ayblovlariga qarshi kurashishga vaʼda berdi

    Ben Roberts-Smit urush jinoyatlari bo'yicha qo'yilgan ayblovlarni rad etdi va o'z nomini oqlash uchun kurashishini aytdi.

    'Papa “zolimlar” haqidagi nutqi Trampga qaratilmaganini aytdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 05:57

    Papa “zolimlar” haqidagi nutqi Trampga qaratilmaganini aytdi

    Mazkur bayonot ikki hafta oldin tayyorlangan bo‘lib, AQSh prezidenti bilan bog‘liq hodisalardan ancha oldin yozilgan.

    'Shimoliy Koreya sharqiy qirgʻogʻidan dengiz tomonga ballistik raketalar uchirdi.'ning rasmi

    Dunyo Bugun 03:19

    Shimoliy Koreya sharqiy qirgʻogʻidan dengiz tomonga ballistik raketalar uchirdi.

    Bu joriy yilda amalga oshirilgan yettinchi shunday sinov bo‘ldi.