Ekologiya vazirligi ogohlantirishicha, poytaxtda havoning ifloslanishi keyingi kunlarda kuchayishi mumkin. Bunga Navoiyning sharqiy qismi va Qozog‘iston janubidan esgan shamollar sabab bo‘ldi.
22 sentabr kuni Toshkent havoning ifloslanishi bo‘yicha dunyoda birinchi o‘ringa chiqdi. Soat 17:15 da AQ 556 ko‘rsatkichini qayd etdi, bu esa "xavfli" darajani anglatadi. Keyingi kuni tush paytiga kelib, indeks 135 ga pasaydi.
Vazirlikga ko‘ra, kuchli shamollar Qizilqum va Aydarko‘l atrofidan ko‘tarilgan changni poytaxt tomon olib kelgan. Natijada shaharda PM2.5 miqdori me’yordan 4–5 baravar yuqori qayd etildi. Mutaxassislar 23–24 sentabr kunlari ertalab va kechqurun ko‘rsatkichlar yana oshishi mumkinligini ta’kidlamoqda.
Faqat 24 sentabr kechasi, yangi siklon kirib kelishi bilan, havo tezda tozalanishi kutilmogda.






