AsosiyJamiyat

O'zbekiston eng arzon internetga ega davlatlar ro'yxatidan o'rin oldi

Mamlakatda uy internetining narxi oyiga o'rtacha 11,7 dollarni tashkil etadi.

'O'zbekiston eng arzon internetga ega davlatlar ro'yxatidan o'rin oldi'ning rasmi

O‘zbekiston eng arzon internetga ega davlatlar ro‘yxatiga kirdi. Mamlakatda uy internetining narxi oyiga o‘rtacha 11,7 dollar turadi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Rossiya uy internetining arzonligi bo‘yicha 2 o‘rinni egallagan bo‘lsa, birinchi o‘rinda Hindiston turibdi.

Shuningdek, interneti eng arzon davlatlar Xitoy – 11,3 dollar, O‘zbekiston – 11,5 dollar, Qozog‘iston – 12,7 dollar, Turkiya – 13,8 dollar, Bolgariya – 14,6 dollar, Litva – 16,5 dollarni tashkil qiladi.

Top-15 likni Polsha (17,2 dollar), Gruziya (17,4 dollar), Tailand (18,4 dollar), Armaniston (19,1 dollar) va Latviya (19,7 dollar) yakunlagan. Afg‘onistonda esa internet butunlay o‘chirilgan.

Eng qimmat internet esa AQShda, Kanadada va Lyuksemburgda qayd etilgan.

Biroq internet aholining o‘rtacha daromadida eng katta ulushni Braziliyada, Meksikada va Argentinada egallaydi. Eng kichik ulush esa Rossiyada, Ruminiyada va Janubiy Koreyada qayd etilgan.

    Boshqa yangiliklar