AsosiyJamiyat

Toshkentdagi kuchli shamol va yomg‘ir sababli aholi ogohlantirildi

Toshkentda kuzatilayotgan kuchli shamol va yog‘ingarchilik sabab simlarning uzilishi, daraxtlarning qulashi kabi xavfli holatlar yuzaga kelishi xavfi bor.

'Toshkentdagi kuchli shamol va yomg‘ir sababli aholi ogohlantirildi'ning rasmi

Mutasadli xizmatlar poytaxt aholisi va mehmonlarini ehtiyot choralariga qat’iy amal qilishga chaqirdi.

Xususan, avtomobillarni daraxtlar va elektr uzatish liniyalari ostida qoldirmaslik, shahar bo‘ylab harakatlanishda ehtiyotkor bo‘lish tavsiya etildi.

Favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda 112, 1055 hamda (71) 212-69-80, (71) 212-69-82 telefon raqamlariga murojaat qilish so‘ralgan.

    Boshqa yangiliklar