1

Surxondaryo viloyatiga yangi hokim tayinlandi

Jamiyat 16.12.2016, 16:45
Surxondaryo viloyatiga yangi hokim tayinlandi

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo`lib o`tdi. Unda O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev ishtirok etdi. Bu haqda “Daryo” rasmiy ishonchli manbalariga asoslanib, ma`lum qildi.

Sessiya davomida tashkiliy masala ko`rib chiqildi. O`zbekiston rahbari viloyat kengashi deputatlariga Erkin Turdimov nomzodini taqdim etdi. Deputatlar Turdimovning nomzodini qo`llab-quvvatladi.

Navoiy viloyatining sobiq hokimi Erkin Turdimov 2015 yilning yanvaridan beri viloyat hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Tojimurod Mamaraimovning o`rnini egalladi. Mamaraimov o`z navbatida viloyatning Qiziriq tumani hokimi etib tasdiqlandi.

Turdimov Erkin O`qbo`taevichning tarjimai holi

Tug`ilgan yili: 1969 yil, Samarqand viloyati, Qo`shrabot tumani.

Millati: O`zbek

Ma`lumoti: Oliy, 1991 yilda Toshkent xalq xo`jaligi institutini tamomlagan. Mutaxassisligi iqtisodchi.

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a`zosi, xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashi deputati.

2006 yilda «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlangan.

Oilali, uch nafar farzandi bor.

Mehnat faoliyati:

1991—1993 yy. — «O`zsanoatqurilishbanki» Sirdaryo filiali qarz reja bo`limi mutaxassisi, investisiya qurilish va ta`minot tashkilotlarini moliyalashtirish va qarz berish bo`limi bosh mutaxassisi, pul muomalasi bo`limi boshlig`i o`rinbosari;

1993—1995 yy. — «O`zsanoatqurilishbanki» Zarafshon bo`limi boshqaruvchisi;

1995—1996 yy. — Zarafshon shahar hokimi o`rinbosari;

1996—2000 yy. — Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankining Navoiy bo`limi boshqaruvchisi;

2000—2008 yy. — Xatirchi tumani hokimi;

2008—2008 yy. — O`zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo`jaligi vazirining qishloqda iqtisodiy islohotlar masalalari bo`yicha birinchi o`rinbosari;

2008—2016 yy.— Navoiy viloyati hokimi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1