Kentukki shtatida UPS kompaniyasiga tegishli MD-11 yuk samolyoti Luuisvildagi Muhammad Ali xalqaro aeroporti yaqinida havoga ko‘tarilganidan ko‘p o‘tmay qulab tushdi.
Hodisa dvigatel yonib ketishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin, qulaganda olov va qora tutun ko‘tarilgan.
Gubernator Endi Beshir ma'lum qilishicha, kamida 7 kishi halok bo‘lgan, 11 kishi jarohat olgan va ularning aksariyati og‘ir ahvolda. Samolyot bortidagi ekipaj taqdiri hali noma'lum.
Federal aviatsiya boshqarmasi (FAA) va Milliy transport xavfsizligi kengashi (NTSB) UPSning 2976-reysi halokatini tergov qilmoqda.
Luuisvill meri Kreyq Grinberg barcha favqulodda xizmatlar hodisa joyida ekanini bildirdi.






