AsosiyDunyo

Germaniya afg‘on muhojirlarini pul evaziga vataniga qaytarmoqchi

Germaniyada qolishni tanlagan afg‘on muhojirlar taqdiri haqida hozircha ma’lumot berilmagan.

'Germaniya afg‘on muhojirlarini pul evaziga vataniga qaytarmoqchi'ning rasmi

Germaniya Ichki ishlar vazirligi afg‘on muhojirlarini moliyaviy yordam asosida vatanga qaytarish dasturini boshladi. Takliflar elektron pochta orqali yuborilgan bo‘lib, muhojirlar 17 noyabrgacha qaror qabul qilishlari kerak. Bu haqda Zamon.uz ma’lum qildi.

“Tagesschau” xabariga ko‘ra, dastur doirasida qaytishga rozi bo‘lganlarga nafaqa va yashash xarajatlarini qoplash kabi imtiyozlar beriladi.

Loyiha afg‘on jamiyati vakillari — ayol huquqlari faollari, sobiq amaldorlar hamda harbiy xizmatchilarni ham qamrab oladi. Hukumatning maqsadi — qabul dasturlarini cheklash va muhojirlar oqimini nazorat qilish.

Germaniyada qolishni tanlagan afg‘on muhojirlar taqdiri haqida hozircha ma’lumot berilmagan.

    Boshqa yangiliklar