AsosiySport
5698

Krishtianu Ronaldu superrekord sohibiga aylandi

"Real" etakchisi Krishtianu Ronaldu klublar o`rtasidagi jahon chempionati finalida “Kashima Antlers” jamoasi darvozasiga uchta to`p kiritib, Madrid klubi tarkibida eng ko`p gol urish bo`yicha o`z rekordini yangiladi. Bu haqda “Sports.uz” nashri ma`lum qilmoqda.

Ayni aytda Ronalduning "Real" tarkibida kiritgan gollari soni 378 tani tashkil etmoqda va yaqin o`n yillar ichida bu rekord yangilanmasligi aniq. Qolaversa, Krishtianu xali yana besh yil "Real" tarkibida to`p suradi va bu ko`rsatkich muntazam yangilanib boraveradi.

To`purarlar bahsida Ronaldudan keyingi o`rinlarni egallab turgan futbolchilarning aksariyati faoliyatini yakunlab bo`lgan. Xususan, ikkinchi pog`onada joy olgan Raul hisobida 323 ta, uchinchi o`rinda qayd etilgan Alfredo di Stefanoda esa 307 ta gol bor. Shuningdek, qolgan to`purarlar -  Ferens Pushkash 242, Ugo Sanches 208, Fransisko Xento 179, Pirri va Emilio Butrageno hisobida  171 tadan gol bor.

Ayni paytda to`purarlar ro`xatidagi mavqeini faqatgina Karim Benzema yaxshilab olishi mumkin. Fransiyalik hujumchining “Kashima Antlers” darvozasiga kiritgan to`pi "Real" safidagi 171-gol sifatida qayd etildi va Benzema kuchli o`nlikda bormoqda.

Bundan tashqari, klublar o`rtasidagi jahon chempionati finalida kiritilgan uchta gol Krishtianu Ronalduni xalqaro musobaqalarda eng ko`p gol urgan futbolchiga aylantirdi. Ronaldu bu ko`rsatkich bo`yicha gollarini sonini 103 taga etkazib oldi. Avvalgi rekord  "Barselona"  etakchisi Lionel Messiga tegishli bo`lib, argentinalik superfutbolchi xalqaro turnirlarda jami 101 ta gol urgan edi.

Demak buyog`iga to`purarlik bo`yicha Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi raqobati yanada qizg`in tus oladi. 

Boshqa yangiliklar