AsosiyDunyo

Prezident Embalo hokimiyatdan agʻdarildi

Mamlakatda siyosiy institutlar faoliyati to'xtatildi, chegaralar yopildi.

'Prezident Embalo hokimiyatdan agʻdarildi'ning rasmi

Gvineya-Bisauda harbiylar prezident Umaru Sisoku Embaloni hokimiyatdan agʻdardilar. Harbiy hukumat bu qarorni saylov natijalarini manipulyatsiya qilish va mamlakatda beqaror vaziyat yuzaga keltirish rejasi aniqlangani bilan izohladi.

Bayonotga koʻra, barcha siyosiy institutlar vaqtincha toʻxtatilgan, dengiz, havo va quruqlik chegaralari yopilgan. Poytaxt Bisada otishma ovozlari eshitilgani xabar qilindi. Prezident, Ichki ishlar vaziri va armiya bosh qoʻmondoni Prezident saroyida qoʻlga olingan, ularga shikast yetmagan aytilmoqda.

Germaniya TIV vaziyatni "beqaror" deb baholab, oʻz fuqarolariga namoyishlar boʻlib oʻtayotgan hududlardan uzoq turishni tavsiya qildi. 23 noyabrda oʻtgan prezidentlik va parlament saylovlarida ham Embalo, ham uning raqibi Fernandu Diash de Koshta oʻzini gʻolib deb eʼlon qilgan edi. Rasmiy natijalar 27 noyabrda eʼlon qilinishi kutilgan.

Embalo 2020 yildan buyon prezident lavozimida edi. Uning muddati bir necha oy avval tugagan, oʻtgan yil oxirida esa u parlamentni tarqatib yuborgan. Tanqidchilar uni muxolifatni bostirish va faollarni taʼqib qilishda ayblab kelgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Ronaldo jamoadoshlariga qimmatbaho soatlar sovg'a qildi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 12:37

    Ronaldo jamoadoshlariga qimmatbaho soatlar sovg'a qildi

    Har bir soatning qiyinati 280–400 ming dollariga baholangan.

    'Trumpga qarshi Jorjiada qoʻyilgan ayblovlar bekor qilindi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 12:07

    Trumpga qarshi Jorjiada qoʻyilgan ayblovlar bekor qilindi

    Prokuratura ishni davom ettirish "natija bermasligini" ma'lum qildi.

    'Bishkekda Putinga qomuz chalish bo‘yicha master-klass o‘tkazildi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 11:32

    Bishkekda Putinga qomuz chalish bo‘yicha master-klass o‘tkazildi

    KXHT sammiti oldidan etakchilarga etnomadaniy dastur namoyish etildi.

    'Ekologik choralar samara bera boshladi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 09:54

    Ekologik choralar samara bera boshladi

    Keskin chora-tadbirlar fonida havo sifati sezilarli ravishda yaxshilanyapti.

    'Nukusda Respublika sport gimnastikasi maktabi ish boshlandi'ning rasmi

    Dunyo 26.11.2025 22:09

    Nukusda Respublika sport gimnastikasi maktabi ish boshlandi

    Yangi maktab yosh gimnastikachilarni qoʻllab-quvvatlash va professional sport imkoniyatlarini kengaytiradi.

    'Chipslarga aksiz solig'i taklif qilindi'ning rasmi

    Dunyo 26.11.2025 21:16

    Chipslarga aksiz solig'i taklif qilindi

    2026 yildan boshlab 1 kg chips uchun 15 ming so‘mlik aksiz joriy etilishi mumkin.