Ma’lum qilinishicha, ajratilgan mablag‘lar to‘liq AT “Xalq banki”ga moliyalashtirilgan. Shundan 549,6 mingta oilaga 302,4 mlrd so‘m bolalar nafaqasi, 23,9 mingta oilaga esa 10,2 mlrd so‘m moddiy yordam mablag‘lari yo‘naltirilgan.
To‘lovlar kam ta’minlangan oila sifatida nafaqa oluvchi 559,6 mingta oilaga, ya’ni oluvchilarning 97,6 foiziga bank kartalari orqali amalga oshiriladi. Qonunchilikka muvofiq, nafaqani naqd shaklda oluvchi oilalarga esa joriy oy to‘lovlari Xalq bankining sayyor kassalari orqali oyning 27-sanasigacha yetkazib beriladi.
Shuningdek, joriy yilning dekabr oyida yana 39,6 mingta yangi kam ta’minlangan oila “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimiga kiritilgani ma’lum qilindi.






