AsosiyDunyo

AQSh fuqarolarini Erondan chiqib ketishga chaqirdi

AQSH Davlat departamenti Eronda kuchayib borayotgan norozilik namoyishlari fonida mamlakatda boʻlib turgan amerikaliklarni zudlik bilan hududni tark etishga undadi.

'AQSh fuqarolarini Erondan chiqib ketishga chaqirdi'ning rasmi

Davlat departamenti bayonotiga ko‘ra, Eronda davom etayotgan namoyishlar zo‘ravonlik tus olishi, ommaviy hibslar soni ortishi mumkin. Mamlakatta yo‘llar yopilayotgani, jamoat transporti ishida uzilishlar kuzatilayotgani, internet va mobil aloqa cheklanayotgani qayd etilgan.

AQSh fuqarolariga imkon bo‘lsa, Armaniston, Turkiya yoki Turkmaniston orqali quruqlik yo‘li bilan chiqib ketish tavsiya etilgan. Mamlakattan tark eta olmaganlarga esa xavfsiz joyda qolish va zaruriy oziq-ovqat hamda dori-darmon zahirasini tayyorlab qo‘yish tavsiya qilingan.

Ma’lumot uchun, Eronda ommaviy norozilik namoyishlari 2025 yil 28 dekabrdan buyon davom etmoqda. So‘nggi bayonotlar fonida mintaqadagi keskinlik yanada kuchaygan.

    Boshqa yangiliklar